The Muallimah

Chegaralar tugaydigan manzil

Ingliz tili, IELTS, grammatika, speaking — professional ustoza bilan o'rgan

Vaqtingiz qimmat — biz buni bilamiz. Shuning uchun har bir dars maqsadli, qiziqarli va samarali!

1-qadam

Kursni tanla

2-qadam

Ro'yxatdan o't

3-qadam

O'rganishni boshla

4-qadam

Sertifikat ol

20+kurs150K+o'quvchiDunyo bo'ylabqamrov
Kursni tanla

Sifat va qulay narx — bir manzilda!

Kitoblar, o'quv qurollari, kiyimlar va aksessuarlar — o'sish, rivojlanish va har bir qadamda chiroyli ko'rinish uchun kerakli hamma narsa bitta joyda!

Shop'ga o'tish

Sifatli

mahsulotlar

Eksklyuziv

brend tovarlar

Tez yetkazib

berish

YouTube'da bepul darslar

YouTube kanallarimizda minglab bepul darslarni hoziroq ko'rib, bilim oling!

YouTube'ga o'tish

10M+

Jami ko'rishlar

200K+

Obunachilar

1K+

Videolar

Kunlik

Yangi videolar

20+

Yillik tajriba

5K

Bizga ishongan o'quvchilar

10M+

Ko'rishlar internet bo'ylab

150K+

Dunyo bo'ylab o'quvchilar

20+

Kurslar

About The Muallimah

Founder

Asoschining xati

The Muallimah g'oyasi minnatdorchilik va mas'uliyat hissidan tug'ildi. Men ta'lim orqali o'rganish, kashf qilish va dunyoni ko'rish imkoniyatiga ega bo'lib o'sganman. Yoshligimdan tillarni o'rganish, yangi ko'nikmalarni rivojlantirish va chegarasiz kelajakni tasavvur qilish imkoniyati bo'lgan. Ulg'aygan sari, ayniqsa Markaziy Osiyoning chekka hududlaridagi ko'plab iqtidorli qizlar va ayollar bunday imkoniyatlarga ega emasligini angladim.

The Muallimah aynan shu vaziyatni o'zgartirish uchun yaratilgan.

Bizning maqsadimiz — ta'lim, ishonch va birlik orqali eshiklarni ochish. Ayol yangi tilni o'rgansa, jismoniy holatini mustahkamlasa yoki yangi ko'nikma egasi bo'lsa, faqat o'z hayotini emas — oilasini, jamiyatini va kelajak avlodlarini ham ilhomlantiradi deb ishonamiz.

Bugungi kunda The Muallimah shu maqsadni baham ko'rgan ehtirosli ayol o'qituvchilar jamoasiga aylanmoqda. Birgalikda biz til, fitnes va harakat bo'yicha kurslar yaratamiz — bu kurslar ham aqliy o'sishni, ham shaxsiy farovonlikni qo'llab-quvvatlaydi. O'qituvchilarimiz har bir darsga bilim, energiya va g'amxo'rlik olib kirib, ayollar o'zlariga ishonib, o'rganishi va o'sishi uchun xavfsiz va qo'llab-quvvatlovchi muhit yaratadilar.

Toshkentda joylashganmiz va o'rganmoqchi, salomatligini yaxshilamoqchi va dunyoqarashini kengaytirmoqchi bo'lgan har kimni xush kelibsiz deymiz. Shuningdek, bag'ishlangan ayol o'qituvchilarni jamoamizga qo'shilib, ushbu mas'uliyatli missiyaning bir qismi bo'lishga taklif etamiz.

The Muallimah loyihadan ko'ra ko'proq narsa. Bu — birlik, harakat va ayollar o'z kelajagini o'zlari shakllantira olishlariga bo'lgan ishonch.

The Muallimah Kitoblari

Hammasini ko'rish

Kurs bo'yicha talabalar fikrlari

GE

G'iyosbek Ergashev

The Muallimah Online Courses: Telegram Baza

Assalom alekum ustoz, yana sizni ko'rib turganimdan xursandman, 2 yildan buyon kurslaringizni kuzatib kelsam, sizdek har bitta ma'lumotni tushunarli sodda misollar bilan keltirib tushuntiradigan ustozlarni ko'rmaganman. So'zlarni tarjima qilishingiz, unga doir gaplarni sodda, tushunarli tarjima qilishingiz ochig'i meni qoyil qoldirgan. Sizning til o'rgatish texnikangizni maktablarga qo'llash kerak. Shunda til o'rganish va sertifikat olish hech qanday muammo bo'lmasdi. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Doimo biz shogirtlaringizga ilm ulashishdan charchamang. Ilm o'rgatish ham ibodatdir. Shunday ekan, Alloh har bergan ilmingizga ajr-savoblarni yog'dirsin. Rahmat ustozim.

SN

Sariboyeva Nasiba

Student

Assalomu alaykum ustoz, shunaqa chiroyli darslaringiz uchun sizdan Alloh rozi bo'lsin. Bundada go'zal yutuqlarga erishing. Sizga hammasi uchun katta rahmat. Inshaalloh farzandlarim bilan darslaringizdan unumli foydalanib, haqingizga duoda bo'lamiz. 🤲🥰 The Muallimah onlayn kursiga qo'shilib qolishim bu Allohimning menga bergan mo'jizasidir. Darslar mukammal ishlangan. Har bir dars aniq va qiziqarli, talaffuzlari go'zal edi. Ayniqsa ingliz tili grammatikasi "Raymond Murphy" qizili, "English grammar in use" ko'ki va "Advanced grammar in use" darsliklari menga juda yoqdi. Allohim har bir bergan bilimingizdan rozi bo'lsin.

MS

Mamura Safaraliyeva

IELTS 9 student

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh yaxshimisiz ustoz. Men darslarning hammasini konspektlari bilan ko'rib borayapman. Allohim ilmingizni bundanda ziyoda qilsin ustoz. Chekka bir qishloq qizi 2023-yili Telegram bazangizni sotib oldim, asta-sekinlik bilan shug'ullanib bordim. IELTS sertifikatini oldim. Sizdan motivatsiyam to'lib teachinglik qilishni boshladim. Allohimga hamd. Sizdek ustozim borligidan. Bu bazadagi darslaringiz va ko'nikmalaringiz bilan OVERALL BAND: 9 olish hech gap emas ekan 😊. Boshqa online kurslarda o'qidim eng arzonidan eng qimmatigacha lekin hammasi 1 oy uzog'i 2 oy e'tibor qaratdi. Lekin siz yana va yana yangi bilim va ko'nikmalar bilan ulashib borayapsiz. Thank you so much ❤️ USTOZ.

ED

Erkaboyeva Dilrabo

1-yillik noan'anaviy kurs

Assalomu aleykum! Men juda, juda katta tavakkal bilan boshlagan "bir yillik noan'anaviy kurs" a'zosiman. Sababi men o'qituvchim haqida deyarli ma'lumotga ega emasdim. Meni bu kursga aynan "noan'anaviy" so'zi yetakladi. Alhamdulillah men adashmadim, men xursandman: qurmoqchi bo'lgan Eng, eng binomning poydevori mustahkam va ishonchliligidan. Darslar haqiqatdan noodatiy, qiziqarli, tushunarli, oson usulda olib borilyapti.

SN

Sariboyeva Nasiba

Online Courses Baza

Assalomu alaykum, men ustozni bir yarim yildan buyon kuzataman. Ustozni The Muallimah onlayn courses bazasiga omad orqali qo'shilib qolganman, birinchi marta o'ta iqtidorlilar uchun noldan ingliz tili video darsliklarini ko'rib borganman. Ustozning dars o'tishi meni qoyil qoldirgan. Huddi onlayn emas, yonida o'tirgandek his bo'ladi menda, menga Allohim shunday ustozni o'quvchisi qilgani uchun shukurlar aytaman, sizga katta rahmat, berayotgan ilmingizdan Alloh rozi bo'lsin.

SS

Shaxzoda Shoyusupova

Student

Assalomu alaykum, men bu kursda o'qiyotganimdan judayam-judayam xursandman. Bu kursda o'zgacha atmosfera, qiziqarli darslar, boshqacha uslub, bir-biridan qiziqarli topiklar, speaking clublar, ahil jamoa va bizning eng sevimli va quvnoq ustozimiz The Muallimah bor. Ustozamiz judayam zo'r dars o'tadilar — quvnoq, talabchan, mas'uliyatli (uyga vazifani qilmaganingizdan uyalib ketasiz ular urushib berganlarida 😔). InshaAlloh 1 yilga mo'ljallangan bu kursingizdan barchamiz siz kabi talaffuzlarimiz great bo'lib, o'zimiz esa native speaker darajasiga chiqadigan bo'lilik. Sizni Alloh uchun yaxshi ko'raman ❤️❤️❤️

MI

Munira Iskhakova

57 yoshli o'quvchi

Assalom Alaykum va Rahmatullohi barokatuh Ustozim! Ilm tarqatishda qilayotgan mehnatingizni juda qadrlayman! Sizni o'quvchingiz bo'lish sharafi menga 57 yoshimda nasib qildi. Allohga shukur sizning darslaringizni o'zlashtirishga, ingliz tilida ravon gaplashishga harakat qilaman. Alloh sizdan rozi bo'lsin! Qilgan mehnatlaringizning rohatini ko'ring! Sizni dunyoga keltirgan ota-onangizga rahmat. O'quvchilaringiz ko'payishini Allohdan so'rab duodaman.

IK

Islom Karimov

Student

The Muallimah is an excellent teacher! She provides both a great mix of listening, speaking and practical learning activities and a very safe, supportive learning environment. As a student, you feel pushed to learn and try out new competencies, feel safe and supported in doing so and gain valuable feedback that helps you to improve. Thank you for everything — you are one of the best teachers in my life.

SI

Shakhnoza Islomova

Student

Assalamu alaikum teacher! When I watch something (Islamic lecture and others) in English I remember you. Thank you for teaching me English. Ingliz tilini o'rganishimdan maqsad ingliz tilidagi diniy ma'ruzalarni eshitish, kitoblarni o'qish edi. Alhamdulillah asta-sekin niyatlarimga erishyapman — siz sabab ustoz. Alloh rozi bo'lsin 🤲

IR

Ilkhomjon Rakhimov

English Grammar in Use #3

Assalomu alaykum ustoz! Darslar juda maromida ketyapti. Men oldin ingliz tilini o'rganishga bir necha marta harakat qilgan edim, lekin har doim tushunishda yoki boshqa muammolar yuz berib 1 oydan ortiq davom etolmas edim. Lekin sizning darslaringizni boshlaganimga 2 oydan oshdi va yaxshi davom etyapman deb o'ylayman, shu bilan birga ingliz tilim yaxshilangani ko'rinib boryapti. O'ylaymanki bu safar yaxshi ustoz topdim va sizning darslaringiz bilan ingliz tilida bemalol gaplasha oladigan darajaga yetib boraman.

ZY

Zukhra Yaminova

English Grammar in Use #1

MashaAlloh Tabarakalloh ustoz, sizning eski shogirdingiz mening jiyanim bo'ladi, sizni professional o'qituvchi va o'z o'quvchilaringizga juda mas'uliyat bilan yondoshasiz va darslaringiz haqida maqtagandi… Sizning YouTube va Instagram sahifalaringizni kuzatib bunga amin bo'ldim. 🔥

PM

Parvina Mansurova

My Grammar Notes #2

Assalomu alaykum ustoz yaxshi yuribsizmi? Sog'liqlaringiz yaxshimi. Men sizni birinchi marotaba YouTube'da ko'rib darslaringizni kuzatib boshlaganimga 25-fevralda 1 yil to'ladi. Sizni Alloh uchun yaxshi ko'raman. Men ingliz tilida hech narsa bilmas edim. Aytishdiki: "senga bir harf o'rgatgan zot ulug' inson bo'ladi" deb. Men sizdan mingdan-ming roziman. Siz menga ingliz tilini o'rgatgan ustoz bo'lasiz. Sizday go'zal va aqlli qizni tarbiya qilib voyaga yetkazgan ota-onangizga mingdan-ming rahmat. Mening qizlarim ham sizga o'xshab, hamma tomonlama ilmli bo'lishini juda ham xohlardim. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.

GE

G'iyosbek Ergashev

My Grammar Notes

Assalom alekum va Rahmatullohi va Barakatuh. Avvallari rosa ingliz tilini o'rganishni xohladim, harakat qildim, bir qancha sabablarga ko'ra bu amalga oshmay qolaverdi. Ammo men Instagram orqali ustozim The Muallimah kanallarini ko'rib, shu orqali MY GRAMMAR NOTES kurslariga kirib keldim. Bu kurs men kutgandan ham yaxshi bo'lib chiqdi. Ustoz shu qo'rquvimni yengishimga yordam berdilar, har bir o'quvchi bilan uning darajasiga tushib shug'ullanishlari rosti meni qoyil qoldirdi. Ustozimning bir gaplariga qoyil qoldim: "Chet tilini soatlab noto'g'ri harakat qilib emas, mazza qilib o'rganish kerak." Bu kursda ham mazza qilib ingliz tilini o'rganyapman. InshaAlloh endi IELTS imtihonini topshirib ustozimni yuzini yorug' qilaman. Alloh rozi bo'lsin ustoz.

NZ

Nodira Ziyayeva

Fluent English I Step 2.1

Doktorlar bilan o'zim gaplashdim ingliz tilida. Sizga juda ko'p rahmat aytmoqchiman. Sizdek yaxshi insonni Allohim menga uchratgani uchun rahmat aytmoqchiman. Berayotgan bilimlaringizga rozi bo'ling ustoz. Sizni judayam-judayam yaxshi ko'raman. Siz bizga doim motivatsiya berib kelasiz o'qila deb. Borligingizga shukr. Bugun shulani o'zim qilolganimga o'zimdan rosa xursand bo'lib uchib yurdim — bekorga o'rganmayotganim uchun.

SQ

Samira Qodirova

My Grammar Notes

Всем привет 👋 Я училась в нескольких курсах The Muallimah. Мне особенно понравился курс "My Grammar Notes". В этом курсе я изучила все правила от А до Я. Думаю этот курс уникален. И этот курс помог мне улучшить мой словарный запас на английском. Хочу выразить благодарность учительнице и всем её коллегам. Рекомендую всем 😊

AA

Axmadjanov Axmadjon

My Grammar Notes

Assalomu alaykum va rahmatulloh. Men hozirda ingliz tilini o'rganish uchun juda qattiq harakat qilyapman. Hozirda men mehnatkash ustozim The Muallimah'ning My Grammar Notes kurslarida o'qib kelyapman. Kurs menga juda yoqyapti — o'zimga katta bilim va ko'nikmalarni olyapman. Bu kurs o'zi grammatikaga mo'ljallangan bo'lsa-da, ustozimiz dars mobaynida speaking, reading, listening ayniqsa writing ko'nikmalariga katta urg'u qaratadilar. Darslarimiz haftasiga 4 marta, shanba kuni esa ustoz va kursdoshlar bilan mustaqil shug'ullanamiz. Oldinlari ingliz tilida 2 ta jumlani bir-biriga moslab gapira olmasdim, Allohga shukur hozir o'z fikrimni ingliz tilida bayon qila olaman. Ustozim sizga kattakon rahmat.

Ko'p beriladigan savollar

Saytimizda "Kurslar" bo'limiga o'ting, o'zingizga mos kursni tanlang va "Ro'yxatdan o'tish" tugmasini bosing. Keyin kerakli ma'lumotlarni to'ldiring.

Savollaringiz qoldimi?

Biz bilan bog'laning!